Основное меню

Energetikaning joriy holati va rivojlanish istiqbollari

0,4-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 23483,35 km bo'lib, foydalanishdagi 35-110 kV va undan yuqori kuchlanishli nimstansiyalar soni 179 ta, ulardagi kuch transformatorlarning umumiy quvvati 2191,35 MVAni tashkil etadi. Shuningdek, bugungi kunda 6-10 kV kuchlanishli 5438 ta transformator punktlari ishlab turibdi. Ularning umumiy quvvati taxminan 92,79 kVA.

Мamlakatimizda elektr energiyasini rivojlantirishning 2015 yilgacha mo’ljallangan yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010 yil 13 dekabrdagi «2011-2015 yillarda elektr tarmoqlari va uskunalarini yangilash va rekjbstruksya qilish dasturi to’g’risida»gi 294-sonli qarori bilan belgilangan. Shu xujjatga muvofiq, xozirgi kunda «Tosh ET» OAJ tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

- 2345,68 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 6-10 kV kuchlanishli
972 dona transformator punktlarini mukamall tamirlash;

- 35 kV 29 dona nimstansiyalarini mukamall tamirlash;

Qo’shimcha tarzda: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil
3 avgustdagi «Qishloq joylarida uy-joy qurilish ko’lamini kengaytirishning qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida» gi PQ-1167- sonli qaroriga asosan:

- 156,15 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 6-10 kV kuchlanishli 124

dona transformator punktlarini qurish;

O’zbekisto Respublikasi Prezidentining 2013 yil 6 avgustdagi «2013-2015 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to’g’risida»gi 2020- sonli qaroriga asosan.

- 262,00 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 6-10 kV kuchlanishli 147 dona transformator punktlarini rekanstruksya qilish;

Korxona soha mutaxassislarining ijtimoiy hayoti va farovonligini oshirishga katta ahamiyat bermoqda. «Tosh ET» OAJ tomonidan energetiklarga ko’rsatilayotgan g’amho’rlik, kadrlarning mustahkamlanishi, ijtimoiy sohaning yahshilanishi, soha mutaxassislari farovonligini ko’tarilishi, kompaniya faoliyati samaradorligini oshirishga ko’mak beradi.